Jamiyat
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida 61 yoshli Rossiya fuqarosi qor ostida qolib vafot etdi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Qayd etilishicha, 2023 yil 4 yanvar kuni soat 13:20 larda Bo‘stonliq tumani Chimyon tog‘ yonbag‘irlariga dam olish va chang‘i uchish maqsadida chiqqan 61 yoshli Rossiya Federatsiyasi fuqarosi qor ko‘chkisi xavfi to‘g‘risidagi ogohlantirishlarga qaramay, taqiqlangan hududda chang‘i uchib, qor ko‘chkisi xavfini yuzaga keltirgan va qor uyumlari ostida qolib halok bo‘lgan.
Hodisa joyiga Toshkent viloyati FVB Bo‘stonliq tumani Ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli boshqarmasi Chimyon qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borgan. Olib borilgan qidiruv ishlari davomida chang‘i uchuvchisining jasadi qor uyumlari ostidan chiqarib olingan.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q