Jamiyat
O‘zbekistonda birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari xodimlari o‘ziga biriktirilgan barcha xonadonlarda faol patronaj ishlarini olib bormoqda, deya xabar qildi SSV matbuot xizmati.
Bunda uyma-uy yurgan holda «Xonadon dori qutisi»ni shaxsan nazoratdan o‘tkazish, muddati o‘tgan preparatlar, saqlash qoidalari buzilgan hamda Quramax Medical kompaniyasining barcha dori vositalarini qabul qilmaslik va iste’moldan chiqarish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq SSVning yangi rahbari Amrillo Inoyatov dorixonalarga yo‘llagan xatida Quramax 2022 yilda import qilgan barcha dorilarning sotilishini to‘xtatish haqida ko‘rsatma bergandi. Vazirlikning ma’lum qilishicha, Quramax Medical tomonidan O‘zbekistonga olib kirilgan barcha dori vositalari sotuvi to‘xtatilgan.
Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi tomonidan o‘tkazilgan «Dok-1 Maks» hamda «Ambronol» dori vositalarining chuqurlashtirilgan sifat nazorat natijalariga ko‘ra, ushbu preparatlar normativ hujjatda ko‘rsatilgan tarkibga nomuvofiqligi aniqlangan.
Xususan, ularning ayrim seriyalarida propilenglikol moddasi o‘rniga yoki u bilan birga etilenglikol va dietilenglikol moddalari mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Shuni inobatga olgan holda aholi salomatligini muhofaza qilish va qolgan dorilarni ham qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazish maqsadida ehtiyot chorasi sifatida Quramax Medical MCHJ tomonidan 2022 yilda olib kirilgan barcha preparatlar sotuvi to‘xtatildi.
Hozirgacha ushbu preparat iste’moli ortidan 20 nafar bola vafot etgan.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q