Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Saqlash
22:12 / 04.01.2023 1556 0

Bugun, 4-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanish sur’ati, shu jumladan o‘zaro tovar ayirboshlash ortayotgani, O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qo‘shma korxona va kooperatsiya loyihalari soni oshayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Mamlakatlarimiz hududlari o‘rtasidagi faol muloqotlarni davom ettirish, shu maqsadda har yili Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston-Rossiya Hududlar forumi imkoniyatlarini samarali ishga solish muhimligi ta’kidlandi.

 

Neft-gaz sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Davlatimiz rahbari tomonidan 2022-yilning 26-27-dekabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida o‘tgan MDH norasmiy sammitining samarali natijalarini yuksak baholandi.

 

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilarining telefon orqali muloqoti har doimgidek samimiy, do‘stona va amaliy ruhda o‘tdi, deyiladi davlat rahbarining matbuot xizmati xabarida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//