Jamiyat
Kuchli qor yogʻishi va Gidrometeorologiya xizmati markazi maʼlumotiga asosan koʻchki xavfi yuzaga kelganligi inobatga olinib, 2023-yil 4-yanvar kuni soat 00:01 dan boshlab “Qamchiq” dovonidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlida transportlar harakati vaqtincha cheklangan edi.
Tungi vaqtda maxsus texnikalar yordamida “Qamchiq” dovonida yoʻllarni qordan tozalash ishlari toʻxtovsiz ravishda amalga oshirildi.
Bugun, 4-yanvar kuni soat 10:00 dan boshlab “Qamchiq” dovonida transportlar harakati uchun ruxsat berildi.
Haydovchilardan oraliq masofani saqlab, tezlikni meʼyordan oshirmasdan, qoidalarga rioya qilgan holda harakatlanish soʻraladi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109681
Jamiyat
94066
Jamiyat
89849
Jamiyat
73002
Jamiyat
//
Izoh yo‘q