Jamiyat
4-yanvar kuni soat 00:00 dan boshlab Qamchiq dovonidan oʻtgan avtomobil yoʻlida harakatlanish xavfsizligini taʼminlash maqsadida transport vositalarining harakati vaqtinchalik toʻxtatildi.
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabariga koʻra, bunda ob-havo sharoitining keskin oʻzgarishi, kuchli qor yogʻishi va Gidrometeorologiya xizmati markazi maʼlumotiga koʻra koʻchki xavfi yuzaga kelgani inobatga olingan.
Dovon yoʻli Toshkent viloyati tomonidan “Chinor” muntazam YPX maskanidan va Namangan viloyati hududida “Sherobod” muntazam YPX maskanidan yopib qoʻyilgan.
Qayd etilishicha, dovon yoʻli ochilishi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Shu sababli Angren shahar Ohangaron koʻchasida joylashgan “Angren-Land” oshxonasida daxldor korxona va tashkilotlarning masʼul va mutasaddilari jalb qilinib, fuqarolarni qabul qilish – evakuatsiya shtabi tashkil etildi.
Fuqarolar “Angren-Land”, “Zamin-2”, “Uchquduq” oshxonalariga, “Angren kon metallurgiya” texnikumi, “Fayz”, “Shodiyor”, “Elba” mehmonxonalariga vaqtincha qabul qilish uchun joylashtirilgan.
Yuzaga kelgan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish davomida jami 250 nafar fuqarolar 80 ta yuk va 150 ta yengil avtomobillarda mazkur maskanlarga joylashtirilgan.
“Toshkent-Vodiy” temiryoʻl stansiyasi orqali, “Ohangaron” stansiyasidan 19 nafar, “Angren” stansiyasidan 35 nafar hamda “Orzu” stansiyasidan 280 nafar jami 334 nafar fuqaro evakuatsiya qilingan.
Qamchiq dovoni vaqtincha yopilib qolgan vaqtda Qamchiq avtoyoʻl va Qamchiq FVBdan jami 113 ta maxsus texnika hamda 250 nafar shaxsiy tarkib xizmatga jalb etilgani aytilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q