Jamiyat
Bugun, 30-dekabr kuni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida navbatdan tashqari yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Uyushma axborot xizmatining xabar berishicha, unda Prezident maslahatchisi Odil Qalandarovich Abdurahmonov qatnashdi. Tadbirda tashkiliy masala koʻrildi. Shu vaqtgacha Oʻzbekiston prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelgan Nodirjon Jonuzoqovich Xolboʻtayev raisning Ijodiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangani toʻgʻrisida maʼlum qilindi.
Nodir Jonuzoq 1976-yilda Samarqand viloyatining Bulungʻur tumanida tugʻilgan. Koʻp yillar “Yoshlik” jurnaliga bosh muharrirlik qilgan.
U 2018-yil aprelida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari boʻlgan, 2019-yil dekabrida uyushma raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q