Shoir Nodir Jonuzoq boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Prezident maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi

Saqlash
15:02 / 30.12.2022 2362 1

Xolboʻtayev Nodirjon Jonuzoqovich (Nodir Jonuzoq) boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi, deb xabar bermoqda OʻzA.

 

U mazkur lavozimga 2022-yilning aprel oyida tayinlagandi.

 

Nodir Jonuzoq 1976-yilda Samarqand viloyatining Bulungʻur tumanida tugʻilgan. Koʻp yillar “Yoshlik” jurnaliga bosh muharrirlik qilgan.

 

U 2018-yil aprelida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari boʻlgan, 2019-yil dekabrida uyushma raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

1 Izoh

Zebinisso

12:01 / 01.01.1970

Shoir Nodir Jonuzoq juda oqko'ngil, madaniyatli, vatanparvar, haqiqatsevar, xalqsevar edi. Prezidentga ana shunday shoirlar yaqin deb xursand edim. Shoirlarni : Rislig'oy Xotamova, Muyassar Ergasheva kabilar haqida hujjatli fil'm tasvirga olgandi. Endi tushunmadim.

Izoh qoldirish

//