Jamiyat
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Surxondaryo va Qashqadaryodagi pedagogika oliy ta’lim muassasalari rahbarlari lavozimidan ozod etildi.
Jumladan, Eshbolta Qobulov (tarix fanlari doktori, professor) Termiz davlat pedagogika instituti direktori lavozimidan, Abduqahhor G‘aniyev Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti direktori lavozimidan ozod etildi.
Foto: Eshbolta Qobulov
Ma’lumot uchun, Abduqahhor G‘aniyev 1974 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. Mazkur tayinlovgacha u Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali direktori lavozimida ishlagan. Abduqahhor G‘aniyev Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 25 iyundagi buyrug‘i bilan ushbu lavozimni egallagan edi.
Foto: G‘aniyev Abduqahhor
Avvalroq, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ulug‘bek Azizov va Buxoro muhandislik texnologiya instituti rektori Nusratullo Barakayev lavozimidan ketgani haqida xabar berilgandi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q