Jamiyat
Energetika vazirligi shtabi tomonidan o‘tkazilgan tunggi nazorat tadbirlarida Toshkent shahridagi ayrim avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) noqonuniy faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Xususan, Yangihayot tumanida joylashgan Energomashtrans impex (Shaffof) MCHJ «zapravka»si o‘zboshimchalik bilan belgilangan o‘chirish grafigiga rioya etmagan holda o‘rnatilgan bir martalik tamg‘alarni buzib, ko‘cha yoritish chiroqlarini o‘chirgan holda yashirincha faoliyat ko‘rsatayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur AGTKSH bugungi kunga qadar 2 marotaba qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yganligi sababli unga 4 dekabr kuni 50 400 metr kub (50,4 mln so‘m) va 21 dekabr kuni 921 600 metr kub (921,6 mln so‘m) qayta hisob-kitob qilindi.
29 dekabr kuni o‘tkazilgan tadbirda AGTKSHning modem qurilmasi o‘chirilganligi va tabiiy gazdan o‘zboshimchalik bilan foydalanib kelayotganligi sababli 460 800 metr kub (460,8 mln so‘m) qo‘shimcha hisob-kitob qilindi hamda tabiiy gaz yetkazib berish to‘xtatildi.
Shuningdek, Sergeli tumani Yangi Toshkent halqa yo‘lida joylashgan Mega oil biznes MCHJga qarashli AGTKSH belgilangan o‘chirish grafigiga rioya etmagan holda o‘zboshimchalik bilan faoliyat ko‘rsatayotganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu AGTKSHning gaz hisoblagichi belgilangan tartibga ko‘ra ulanish nuqtasida joylashishi o‘rniga shoxobcha hududida o‘rnatilgan.
Tadbir davomida AGTKSHning gaz hisoblagichini ko‘zdan kechirish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli, ASKUG tizimi orqali o‘rganilganda «Hududgazta’minot»ning metrologlari tomonidan gaz hisoblagichning parametrlari o‘zgartirilganligi bo‘yicha xulosa qilindi.
Mazkur AGTKSH belgilangan kunlik gaz sarfini yashirincha kamaytirib ko‘rsatib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi va unga tabiiy gaz yetkazib berish to‘xtatildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q