Jamiyat
Hindiston hukumati “Dok-1 MAKS” dorisini ishlab chiqargan “Marion Biotech” kompaniyasiga qarshi surishtiruv boshlagan.
Surishtiruv Uttar-Pradesh shtatidagi narkotiklarni litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan olib borilyapti.
Ular Oʻzbekiston hukumatidan ham vafot etgan bolalar haqida hisobot soʻragan.
Kompaniya ushbu siropni ichlab chiqarishni to‘xtatgani aytilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi direktori M.Azizovning viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Davronbek Jumaniyozovga yozgan xati nusxasi paydo boʻlgandi, unda “Dok-1 Maks” tabletkalari va siropini qabul qilgan bemorlarda asoratlar yuzaga kelgani va oʻlimi haqida soʻz borgan.
Oradan vaqt oʻtib, Bolalar ombudsmani Samarqandda “Dok-1 Maks” tabletka va siroplarini isteʼmol qilishi natijasida vafot etgan bolalar soni 18 nafarga yetganini maʼlum qilgandi. Bemorlar Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlaridan boʻlgan. Ularning barchasi 6 yoshgacha boʻlgan.
Keyinchalik SSV 18 nafar bola “Dok-1 Maks” siropini ichib vafot etganini tasdiqlagan. Uning tarkibidan tarkibida zaharli modda — etilenglikol topilgan. Aniqlanishicha, dori shifokor retseptisiz, mustaqil yoki farmatsevt tavsiyasi bilan sotib olingan va meʼyordan ortiq dozada qabul qilingan. Holat oʻrganilgach, yetti nafar masʼul ishdan olingan. Dori savdosi esa toʻxtatilgan.
Shundan soʻng DXX Tergov boshqarmasi tomonidan 18 bola oʻlimiga sababchi boʻlgan “Dok-1 Maks” bilan bogʻliq holat boʻyicha Quramax medical hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri Behzod Musayev esa siropini qabul qilgan bolalar oʻlimi haqidagi maʼlumotlar vazirlikdan yashirilganini aytgandi. U 18 nafar bolaning ota-onasiga hamdardlik bildirib, uzr soʻragan.
29-dekabr kuni Qashqadaryoda yana bir bola “Dok-1 Maks” sabab vafot etdi va preparat qurbonlari soni 19 nafarga yetdi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q