Jamiyat
Oʻzbekistonda 2022-yilda ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxi 2021-yilning mos davriga nisbatan oʻrtacha 12-15 foizga oʻsgani maʼlum qilindi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.
Foto: Review.uz
Qayd etilishicha, Oʻzbekistonda 2022-yil davomida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxi oʻrtacha 12-15 foizga oʻsgan.
Xususan, Damas narxi oʻrtacha — 15 foizga, Vaz (Lada) 2106 — 12 foizga, Lacetti (3-pozitsiya) — 16 foizga, Spark (2-pozitsiya) — 18 foizga, Cobalt (4-pozitsiya) — 20 foizga, Nexia 3 (4-pozitsiya) — 18 foziga va Malibu 2 — 7 foizga oshgan. Xorijiy avtomobillar orasida narxlarning eng katta oʻsishi KIA Carnival avtomobillari — 12 foiz, Lada Vesta — 18 foiz va Hyundai Sonata — 6 foiz da qayd etilgan.
Bundan tashqari, 2022-yilda ikkilamchi bozorda sotilgan avtomobillarning oʻrtacha yili 2011-yilni tashkil etib, bu oʻrtacha 11 yoshga toʻgʻri keladi degani. Xuddi shunday, 2021-yilda bu koʻrsatkich 2008-yilni, 2020-yilda esa 2007-yilni tashkil etgan, bu oʻrtacha 13 yoshga toʻgʻri keladi demakdir. Tahlilga koʻra, yuqoridagi koʻrsatkichlar ikkilamchi bozordagi avtomobillar yosharayotganini bildiradi. Bu nisbatan yangi avtomobillarni qayta sotish sonining koʻpayishi bilan bogʻliq.
Markaz hisob-kitoblariga koʻra, ikkilamchi bozorda avtomobillarning oʻrtacha yurish masofasi yiliga 22 ming 131 kilomterni tashkil qiladi, hisoblash uchun 2012-yildan keyin ishlab chiqarilgan avtomobillardan foydalanilgan. Bundan tashqari, avtomobillarning yillik yurish masofasining taqsimoti oʻrganilib, natijada Oʻzbekistonda avtomobil egalarining 60 foizi yiliga oʻrtacha 22 000 kilometrgacha, 20 foizi — 22 000 dan 30 000 kilometrgacha, qolgan 20 foizi — 30 000 dan 100 000 kilometrgacha gacha harakatlanishi aniqlangan. Ushbu natijalarga asosan, haydovchilar uchta asosiy guruhga ajratilgan.
Shunday qilib, avtomobil egalarining koʻpchiligi birinchi guruhga tasniflangan, bu yerda bir kunlik masofa 60 kilometrdan oshmaydi va mashina asosan shahar boʻylab harakatlanadi hamda oʻz ehtiyojlari uchun foydalaniladi.
Ikkinchi guruhga kuniga 82 kilometrgacha harakatlanuvchi avtomobil egalari har kuni shahar chetidan ishlash/oʻqish uchun keladigan/ketadigan avtomobil egalari yoki shahar taksi haydovchilari kiradi. Haydovchilarning 3-guruhi kuniga 274 kilometrgacha yoʻl yuradi, bu guruhga shahar va shaharlararo taksi haydovchilari kiradi.
Bundan tashqari, ikkilamchi bozorda avtomobillarning oʻrtacha yillik masofasi hududga qarab oʻzgaradi. Hududlar orasida Sirdaryo (29,6 ming kilometr), Andijon (27,4 ming kilometr), Jizzax (27 ming kilometr), Fargʻona (26,8 ming kilometr) va Toshkent (25,5 ming kilometr) viloyatlaridagi avtomobil egalari eng yuqori masofa koʻrsatkichlariga ega.
Toshkent shahrida sotuvga qoʻyilgan avtomobillarning oʻrtacha masofasi yiliga 22 ming kilometrdan 23,2 ming kilometrgacha harakatlanib, ikkilamchi avtomobil bozorining 38 foiz ulushi shu hududga toʻgʻri keladi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q