Jamiyat
Energetika vazirligi bayram kunlarida oʻzbekistonliklarni energiya resurslari bilan taʼminlash borasida maʼlumot berdi. Unda aytilishicha, bayram kunlari gaz va elektrdan qarzdorligi boʻlgan isteʼmolchilar tarmoqdan uzilmaydi.
Xabarda aytilishicha, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stansiyalar va markazlar barqaror ishlashini taʼminlash uchun kuniga oʻrtacha 47-48 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi. Shuningdek, stansiyalar uchun 70 ming tonna mazut va 230 ming tonna koʻmir yoqilgʻisi zaxirasi yaratilgan. Hududlardagi barcha koʻmir omborlariga koʻmirni uzluksiz yetkazib berish taʼminlanadi.
Bayram kunlari isteʼmolchilarga kuniga oʻrtacha 155 mln kub metr tabiiy gaz, 2 ming tonna suyultirilgan gaz, 5000 tonna avtobenzin, 5000 tonna koʻmir hamda 235 mln kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berilishi taʼminlanadi.
Vazirlik bayonotida yozilishicha, bayram kunlari elektr energiyasiga boʻlgan talab sezilarli darajada pasayadi, chunki taʼlim muassasalari va bir qator ishlab chiqarish korxonalari oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtadi. Shu munosabat bilan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining asosiy qismi aholiga va ijtimoiy soha obyektlariga yoʻnaltiriladi.
Tarmoqlarda nosozlik holatlari yuzaga keladigan boʻlsa, hududlar boʻylab elektr va gaz taʼminoti korxonalarida tun-u kun ishlaydigan 1200 dan ortiq maxsus brigadalar tashkil etilgan boʻlib, ular muammolar tezkorlik bilan bartaraf etilishini taʼminlaydilar.
Bayram kunlarida aholi isteʼmolchilar elektr energiyasi va tabiiy gaz boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorlik uchun tarmoqdan ajratilmaydi. Isteʼmolchilar ushbu resurslar uchun bayram kunlari ham onlayn ravishda toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q