Namangan xalqaro aeroporti faoliyati vaqtincha cheklandi

Saqlash
20:56 / 26.12.2022 1582 0

Noqulay ob-havo tufayli Namangan aeroporti vaqtincha cheklandi. Moskva — Namangan va Samara — Namangan — Yekaterinburg yoʻnalishidagi samolyotlar Namangan xalqaro aeroportida qalin tuman tufayli Samarqand va Fargʻonaga yoʻnaltirildi

 

Qattiq tuman tufayli koʻrish chegarasining pasayishi (125 m) Namangan xalqaro aeroporti faoliyatini cheklab qoʻydi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

 

Xususan, Namangandagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli Moskva — Namangan yoʻnalishi boʻyicha Red Wings aviakompaniyasining WZ4483 reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi.

 

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY9806/9829 reysi esa (Samara — Namangan — Yekaterinburg) Fargʻona xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi.

 

Namangan aeroportining xabar berishicha, yaqin soatlarda ob-havo sharoiti yaxshilanishi kutilmoqda.

 

“Yoʻlovchilar parvozlar jadvalidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni aviatashuvchilardan olishlari mumkin”, — deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//