Jamiyat
Fargʻona viloyati IIB Margʻilon shahridagi maktablarning birida oʻqituvchilar oʻrtasidagi “razbor” videosiga munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Margʻilondagi 15-sonli oʻrta maktabida oʻqituvchilar oʻrtasida janjal sodir boʻlgani aytilgan video tarqaldi. Holat Fargʻona viloyati IIB tomonidan oʻrganib chiqilgan.
Maʼlum boʻlishicha, 19-dekabr kuni 15-maktabning 7-sinf oʻquvchisi M.O. dars paytida tashqariga chiqib kelish uchun oʻqituvchisi R.T. dan ruxsat soʻragan. Oʻquvchiga ruxsat berilmagan boʻlsada, u tashqariga chiqib ketayotganida oʻqituvchining “qush uyasida koʻrganini qiladi” degan gapini eshitib, yaqinlari R.U. hamda U.R.ni chaqirib kelgan. Natijasida maktab oʻqituvchilari bilan sinf xonasida oʻzaro janjal kelib chiqqan.
Janjal davomida oʻqituvchilar R.T. va M.U. tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat Margʻilon shahar IIB tomonidan tegishli tartibda roʻyhatga olinib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q