
Iqtisod
Oʻzbekistonda 2022-yilning 11 oyida hududlar boʻyicha tashqi savdo aylanmasi boʻyicha maʼlumot berildi. Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda.
Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 44,9 milliard dollarga yetgan. Bu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbata 18 foizga oshgan.
Oʻzbekiston bilan tashqi savdo aylanmasi eng yuqori ulushga davlat Rossiya, Xitoy va Qozogʻiston davlatlari boʻldi. Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi 2021-yilning fevral oyida qayd etilib, 5,2 milliard dollarni tashkil qilgan.
Shuningdek, Respublikaning hududlar kesimida tashqi savdo aylanmasi quyidagicha:
Qoraqalpogʻiston — 550,4 million dollar;
Andijon — 3,8 milliard dollar;
Buxoro — 1, 09 milliard dollar;
Jizzax — 628 million dollar;
Qashqadaryo — 499,5 million dollar;
Navoiy — 1,1 milliard dollar;
Namangan — 1,1 milliard dollar;
Samarqand — 2,1 milliard dollar;
Surxondaryo — 344 million dollar;
Sirdaryo — 732 million dollar;
Toshkent — 5 milliard dollar;
Fargʻona — 1,9 milliard dollar;
Xorazm — 732,8 million dollar;
Toshkent shahri — 17,6 milliard dollar.
Mamlakat tashqi savdo ulushida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 39,2 foiz bilan egallagan boʻlsa, eng past natijani Surxondaryo viloyati 0,8 foiz band qilgan.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q