Jamiyat
O‘zbekiston vakillari Fransiya bilan fuqarolarni qonuniy va tizimli ishga joylashtirish bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishdi. Endilikda 2026-yil yozidan boshlab pilot loyiha doirasida 50 nafar nomzod ishga yuboriladi.
Ma’lumot berilishicha, Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda elchixona vakillaridan iborat delegatsiya Fransiyada hamyurtlarni qonuniy bandlikka jalb etish bo‘yicha qator uchrashuvlar o‘tkazgan.
Muzokaralar davomida Fransiya Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi (FNSEA) bilan o‘zbekistonliklarni uzumzorlardagi mavsumiy ishlarga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Unga ko‘ra, yoz oylaridan boshlab Fransiyada ishlash istagini bildirgan 50 nafar nomzod pilot loyiha asosida ushbu davlatga yuboriladi.
.png)
Shu bilan birga, Fransiyada kadr tanlash va bandlikni ta’minlashga ixtisoslashgan Sélect Recruiting Service tashkiloti bilan nomzodlarni saralash va ishga joylashtirish bo‘yicha bitim imzolangan. Mazkur hujjat orqali Fransiyaga ishga yuboriladigan fuqarolarni tanlash va joylashtirish jarayonlarini tizimli tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Tomonlar ta’lim va ish integratsiyasi yo‘nalishida ham hamkorlikni boshlagan. Xususan, CFA AC Paris kompaniyasi bilan “ta’lim + ish” formatida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur dastur doirasida Fransiyada restoran sohasida o‘qish va ishlash imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqiladi. Bu esa o‘zbekistonlik yoshlar uchun xorijda bir vaqtning o‘zida kasb o‘rganish va daromad topish imkonini yaratadi.
Kelishuvlarni amalga oshirish va tashkiliy-huquqiy masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Fransiya Tashqi ishlar, Ichki ishlar va Ta’lim vazirliklari, France Travail davlat bandlik xizmati, CCI Île-de-France Savdo-sanoat palatasi hamda AP-HP Parij davlat shifoxonalari xizmati bilan ham muzokaralar o‘tkazilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
112204
Jamiyat
94881
Jamiyat
90968
Jamiyat
75749
Jamiyat
//
Izoh yo‘q