Jamiyat
Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston va Xitoy statistika idoralari raqamlarni ikki xil usulda qayd etadi.
“Tan olish kerak, ikki mamlakatning statistik hisobotlarida farq bor. Sababi, bizning statistikada faqatgina eksport qilingan gazning hajmi va uning summasi koʻrsatilgan. Xitoy tarafi esa, umuman Oʻzbekistondan import qilingan tovar va mahsulotlar xizmatlarini inobatga olgan.
Va bu yerda Oʻzbekistondan eksport qilingan gazdan tashqari, Oʻzbekiston hududidan Turkmanistondan tortib Xitoygacha ketgan gaz quvuri bor. Bizning hududda “Asia Trans Gas” qoʻshma korxonasi bor. Ushbu korxona gaz transportini amalga oshirib beradi.
Yaʼni, Oʻzbekiston hududidan transport qilingan gaz va tranzit xizmatlari uchun toʻlangan pul. Mana shu ikkita summani qoʻshganda Xitoy statistikasi bergan raqam kelib chiqadi”, – deya tushuntirish bergan Oʻzbekiston energetika vaziri.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
110751
Jamiyat
94440
Jamiyat
90353
Jamiyat
74218
Jamiyat
//
Izoh yo‘q