Jamiyat
Toshkent viloyati prokuraturasi Parkent tumanida noqonuniy kesilgan daraxtlar boʻyicha maʼlumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Parkent tumani Krasnogorskda bir necha yillik daraxtlar kesib tashlanayotgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan tekshirish harakatlari olib borilgan.
Aniqlanishicha, tumani Obodonlashtirish boʻlimi tomonidan tumanning “Qizil togʻ” MFY hududidagi qurib qolgan daraxtlarni kesish yuzasidan Davlat xizmatlari agentligiga elektron shaklda murojaat qilingan. Jarayonda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻyilgani natijasida ruxsat berilgan daraxtlardan tashqari 7 toʻp daraxt ham kesilgan va oʻsimlik dunyosiga 587 503 185 soʻmlik zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan tuman obodonlashtirish boʻlimi boshligʻi va boshqalarga nisbatan Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q