Madaniyat
Toshkentda Oʻzbekiston Xalq artisti Berta Davidovaning 100 yillik xotira kechasi konserti boʻlib oʻtdi.
Xotira kechasi konsertini Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Tadbirda “Maqom” ansambli ijrosida Nasrulloiy asari va “Saraxbori navo” kabi asarlar ijro etildi. Shuningdek, Zamira Suyunova (“Talqini Bayot”), Komila Boʻriyeva (“Bilmading”), Hurriyat Isroilova (“Chapandozi qalandar”), Gulbahor Irkulova, Matluba Dadaboyeva (“Samarqand Ushshogʻi”), Maryam Sattorova, Munojot Yoʻlchiyeva kabi sanʼatkorlar ham chiqish qilishdi.
Berta Davidovaning hayoti va ijodi Oʻzbekiston anʼanaviy musiqa sanʼatining rivojlanish tarixi bilan chambarchas bogʻliq. Uning kasbiy tarjimai holi Yunus Rajabiy rahbarligidagi ilk maqomchilar ansamblining tashkil topish tarixi bilan tutashgan. Maqom ansamblida umrining 45 yilini samarali faoliyat bilan oʻtkazgan. Oʻzbekiston xalq artisti Berta Davidova “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi hisoblanadi.
Berta Davidova va uning ijodi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q