Oʻzbekcha Vikipediya qisqa fursatda dunyo Vikireytingida 49-oʻringa koʻtarildi

Saqlash
15:12 / 14.12.2022 1430 0

Oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 200 000 dan oshdi. Bu haqda Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi maʼlum qildi. 

 

Qayd etilishicha, 2022-yilning oktyabr oyi oʻzbekcha Vikipediyaning 19 yillik tarixida eng koʻp tahrir qayd etilgan oy boʻlgan. Yaʼni oktyabr oyida oʻzbekcha Vikipediyadagi barcha sahifalar foydalanuvchilar va maxsus bot tomonidan umumiy hisobda 196 ming martadan oshiq tahrir qilingan.


Statistikaga koʻra, Oʻzbekistonda 2022-yilning noyabr oyida rus tilida 11,1 million sahifa koʻrilgan boʻlsa, oʻzbekchada 11,4 million sahifa oʻqilgan. Natijada Oʻzbekiston ichida oʻzbekcha Vikipediya koʻrishlar soni boʻyicha ruscha Vikipediyadan oʻzib ketdi.

 

Shuningdek oʻzbekcha Vikipediya qisqa fursatda dunyo Vikireytingida kuchli 50 talikka kirdi. Shundan soʻng yana bir pogʻona yuqorilab, eng qadimiy va manbalariga eng koʻp murojaat qilinadigan yunon tilini ortda qoldirib, 49-oʻringa koʻtarilib oldi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish