Jamiyat
Surxondaryo viloyatidagi avtomobillarga tabiiy gaz toʻldirish shoxobchalariga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida viloyatdagi avtomobillarga gaz qoʻyish kompressor shoxobchalari (AGTKSH)ga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz taʼminotini vaqtinchalik cheklash boʻyicha reja-jadval tasdiqlangan.
Unga koʻra, belgilangan AGTKSH juft kunlarida soat 7:00 dan 15:00 ga qadar, ayrimlari esa toq kunlarida soat 7:00 dan 15:00 ga qadar tabiiy gaz bilan taʼminlanishi belgilangan.
“Mazkur choralar vaqtinchalik boʻlib, munosib shart-sharoit paydo boʻlishi bilan barcha AGTKSH odatdagi ish tartibiga qaytadi” — deyiladi xabarda.
Avvalroq Toshkent shahri va Fargʻona vodiysi viloyatlarida “metan zapravka”lar faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilgandi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111973
Jamiyat
94702
Jamiyat
90707
Jamiyat
75474
Jamiyat
//
Izoh yo‘q