Jamiyat
Fargʻona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari bugun, 7-dekabr kuni soat 11:00 dan vaqtincha ish faoliyatini toʻxtatdi.
“Oʻztransgaz” AJ Axborot xizmatining xabar berishicha, bunga aholi, ijtimoiy soha obyektlarining tabiiy gazga boʻlgan ehtiyoji ortgani sabab boʻlgan.
Stansiyalar qachon ishga tushishi maʼlum qilinmagan.
“Vaziyat izga tushgach odatiy ish faoliyatiga qaytilishini maʼlum qilamiz. Keltirilgan vaqtincha noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahrida “metan zapravka”lar faoliyatining toʻxtatilishi boshlangandi.
Mavzuga doir: “Bu ob-havoda rejali cheklovlar kiritmasak, ertaga bundan-da jiddiyroq talafot boʻlishi mumkin” – Energetika vaziri
Madaniyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112448
Jamiyat
95113
Jamiyat
91342
Jamiyat
76032
Jamiyat
//
Izoh yo‘q