Moskva avtobuslaridan oʻzbek tilidagi Rossiya armiyasida xizmat qilishga jalb qiluvchi eʼlonlar olib tashlandi

Saqlash
15:41 / 12.12.2022 1159 0

Moskvadagi jamoat transportlarida oʻzbek, qirgʻiz va tojik tillarida Rossiya armiyasiga yollanishga jalb qiluvchi eʼlonlar joylashtirilgani haqida xabar berilgandi.

 

Eʼlonda Rossiya Qurolli Kuchlarida shartnoma boʻyicha harbiy xizmatga kirganlar mamlakat prezidenti farmoniga muvofiq soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olishi mumkinligi qayd etilgandi.

 

Moskvadagi avtobuslar va elektroavtobuslar uchun masʼul boʻlgan tashkilot eʼlonlar haqiqatan ham koʻrsatilganini, ammo allaqachon olib tashlanganini tasdiqladi. Qayd etilishicha, eʼlon ikki oy muddatga joylashtirilgan boʻlgan.

 

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Rossiya hududida boʻlgan oʻzbekistonliklarni ogohlikka chaqirgandi. Agentlik Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 154-1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga yollanish 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi koʻzda tutilganini maʼlum qilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//