Jamiyat
Oʻzbekistonda dekabr boshidan buyon kuzatilayotgan juda sovuq ob-havo havo kelayotgan hafta boshigacha saqlanib turadi. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.
Xabarga koʻra, harorat anomaliyasi Shimoliy Yevrosiyo deyarli barcha hududlarini egallagan juda kuchli antitsiklon bilan bogʻliq.
Birinchi oʻn kunlik oʻrtasiga kelib, respublika markaziy hududlari boʻyicha havo harorati kechalari 5-7 daraja sovuqqacha, baʼzi joylarda 10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-5 daraja sovuqqacha pasaydi.
Dekabr oyida juda sovuq ob-havo davrlari hududda avval ham kuzatilgan. Bunday qiymatlargacha harorat pasayishi bilan sovuq qisqa muddatli toʻlqinlari deyarli har yili qayd etiladi. 2-3 yil ichida taxminan 1-marta sezilarli darajadagi sovuqlar ham kuzatilgan. Soʻnggi 25 yil ichida dekabr oyida harorat 10-15 daraja sovuqqacha pasayishi, baʼzi joylarda undan ham past boʻlishi Oʻzbekiston markaziy hududlarida 2002, 2003, 2006, 2007, 2010, 2012, 2014-yillarda qayd etilgan.
Bundan oldingi yillarda yanada ham kuchli sovuqlar kuzatilgan. Shunday qilib, Toshkentda 1920-yil dekabr oyi boshida termometr ustuni 20 daraja sovuqqacha tushgan. Toshkentda dekabr oyi mutlaq minimal harorati 29 daraja sovuqni tashkil etadi, harorat bunday qiymati 1930-yil 20-dekabr kuni kuzatilgan.
Eng qattiq sovuqlar odatdagidek respublika shimoliy hududlarida kuzatildi. Qoraqalpogʻistonda harorat kechalari 15-20 daraja sovuqqacha, ayrim shimoliy hududlarda esa 22-24 daraja sovuqqacha pasaydi. Bunday harorat dekabr uchun yangi rekordlarni oʻrnatmagani aytiladi. Respublika shimolida eng sovuq yillar dekabr oyida minimal harorat 27-30 daraja sovuqqacha pasaygan. Ayrim kechalarda harorat baʼzi joylarda ushbu sana uchun eng past qiymatlargacha pasaydi, ammo bu harorat rekordi emas.
Sovuq ob-havo keyingi hafta boshigacha saqlanib turadi. 9-12-dekabr kunlari respublika hududi katta qismida havo harorati kechalari 5-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq, shimolda kechalari 17-22 daraja sovuq, 9-10-dekabrda baʼzi joylarda 24 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 4-9 daraja sovuq atrofida boʻladi.
Ushbu kunlarda oʻrtacha kecha-kunduzlik havo harorati shu davr iqlim meʼyorlaridan 7-12 darajaga past boʻladi. Shunday qilib, meʼyor 4 daraja iliq boʻlganda, Toshkentda oʻrtacha kecha-kunduzlik harorat 6-8 daraja sovuqni tashkil etadi.
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q