Jamiyat
Oʻzbekistonda 6-dekabr kuni 157 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga koʻra, Toshkentning oʻzida 100 dan ortiq kishida kasallik aniqlangan. Shuningdek, Toshkent viloyatida (20 nafar) ham bu koʻrsatkich qolgan hududlar bilan solishtirilganda ancha yuqori.
Yangi kasallanish holatlarining:
1 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,
1 nafari Andijon viloyatida,
1 nafari Buxoro viloyatida,
2 nafari Jizzax viloyatida,
1 nafari Navoiy viloyatida,
7 nafari Namangan viloyatida,
7 nafari Samarqand viloyatida,
1 nafari Sirdaryo viloyatida,
3 nafari Surxondaryo viloyatida,
6 nafari Fargʻona viloyatida,
1 nafari Xorazm viloyatida,
20 nafari Toshkent viloyatida,
106 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
Eslatib oʻtamiz, 5-dekabr kuni 120 kishida koronavirus aniqlangandi. 4-dekabrda esa bu raqam 153 kishini tashkil qilgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q