Siyosat
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov YEXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishida Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishi va xavfsizligi istiqbollari qoʻshni Afgʻonistonda tinchlikni taʼminlash bilan uzviy bogʻliqligini taʼkidladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“Xalqaro hamjamiyatning ustuvor vazifalari Afgʻonistondagi insoniy halokatining oldini olish, mamlakat iqtisodiyotini tiklash va mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalarga integratsiya qilish, bu mamlakatda muhim infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishdan iborat boʻlishi kerak”, – deydi Norov.
Oʻzbekiston TIV rahbari yigʻilish ishtirokchilari eʼtiborini Oʻzbekiston tomonidan Afgʻonistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash va gumanitar yordam koʻrsatish borasida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarga qaratgan. Strategik muhim loyiha Termiz–Mozori Sharif–Kobul–Peshovar temir yoʻl loyihasini amalga oshirilishi Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash, Afgʻonistonni iqtisodiy hamkorlikka jalb etish va uni bu ikki mintaqani bogʻlaydigan koʻprikka aylantirish uchun katta imkoniyatlar ochadi.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston Prezidentining BMT shafeligida xalqaro muzokaralar guruhini tuzish tashabbusini amalga oshirish Afgʻoniston hukumati tomonidan oʻz majburiyatlarini bosqichma-bosqich bajarish algoritmini ishlab chiqish va kelishish uchun muhim platforma yaratadi.
Vladimir Norov YEXHT hamkorlarini uzoq qiyin vaziyatdagi afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatish uchun Termiz shahridagi Xalqaro transport va logistika xabidan foydalanishga, shuningdek, Afgʻoniston iqtisodiyoti uchun mutaxassislar tayyorlash uchun Termiz shahrida Taʼlim klasterini tashkil etishni qoʻllab-quvvatlashga taklif qilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q