Jamiyat
1-dekabr kuni koronavirusga chalingan bemorlar Oʻzbekistonning barcha hududlarida qayd etildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, qishning ilk kunida infeksiyasi qayd etilganlar soni 159 nafarni tashkil etgan.
Yangi kasallanish holatlarining:
7 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,
1 nafari Andijon viloyatida,
10 nafari Buxoro viloyatida,
12 nafari Jizzax viloyatida,
1 nafari Qashqadaryo viloyatida,
1 nafari Navoiy viloyatida,
6 nafari Namangan viloyatida,
12 nafari Samarqand viloyatida,
1 nafari Sirdaryo viloyatida,
12 nafari Surxondaryo viloyatida,
3 nafari Fargʻona viloyatida,
10 nafari Xorazm viloyatida,
19 nafari Toshkent viloyatida,
64 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Qayd etish kerak, soʻnggi kunlarda koronavirusga chalinish holatlari koʻpaymoqda. 30-noyabr kuni 155 kishida, 29-noyabr kuni 141 kishini tashkil etgan. 28-noyabrda ketma-ket 3 kunlik oʻsishdan keyin koronavirusga chalinish holatlari biroz pasaygandi — 131 nafar. 25-noyabrdan 27-noyabrgacha boʻlgan muddatda esa mazkur statistikada faqat oʻsish kuzatilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q