Ilm-fan
Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari kutubxonalaridagi adabiyotlar yagona platformaga jamlandi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga koʻra, 150 mingdan ortiq elektron resursga ega yagona unilibrary.uz elektron kutubxonasi yaratilgan.
Endilikda mazkur platforma orqali talabalar respublikadagi barcha davlat oliy taʼlim muassasalari kutubxonalaridagi oʻquv adabiyotlar hamda ilmiy nashrlaridan onlayn foydalanishlari mumkin.
Platformada:
oʻquv adabiyotlar;
ilmiy maqolalar;
monografiyalar;
dissertatsiyalar;
avtoreferatlar
va boshqa shu kabi 150 mingdan ortiq elektron resurslar jamlangan.
Hozirda oliy taʼlim muassasalari tomonidan adabiyotlarni raqamlashtirish hamda ushbu platformaga joylashtirish davom etayotgani qoʻshimcha qilingan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q