Deputat daraxtlarni kesish boʻyicha hujjatga muhr bosishni istamagan mahalla raisini soʻkdi

Saqlash
21:44 / 30.11.2022 1306 0

Toshkentda Uchtepa tumani 5-Foziltepa saylov okrugidan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati daraxtlarni kesishga ruxsat beruvchi hujjatga muhr bosmagani uchun Yunusobod tumani Tiklanish MFY raisining xonasida soʻkingani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

 

Unga koʻra, deputat, XDP aʼzosi Ulugʻbek Hamidov Tiklanish mahallasi Xolis 1a-koʻchada bir fuqaroning uyini sotib olib, uchastka qurishni boshlagan. (Uning oʻzi 150 m naridagi 80-xonadonda yashaydi). Uy oldida 2 ta katta daraxt borligi sabab, qurilish obyektiga katta mashina kirib-chiqa olmayotgani, uni kesib qurilish materiali uchun mebel yasash uchun ruhsat berishini soʻrab ariza yozib, mahalla raisi oldiga borgan. Uni kutib olgan hokim yordamchisi hokim yoʻqligini aytib, telefon orqali hokim bilan bogʻlangan. Aloqa vaqtida mahalla raisi arizaga muhrni u bosmasligi, buning uchun “Yagona darcha” markaziga borishi kerakligini aytgan va telefonni oʻchirgan. Deputat esa bundan ranjib, xonadan haqorat soʻzlarini aytib chiqib ketgan.

 

Yunusobod tumani Tiklanish MFY raisi Toxir Sabirov daraxt kesishga ruhsat berish, dalolatnoma tuzish uning vakolatiga kirmasligi, videodagi aytilgan haqoratli soʻzlar boʻyicha deputat ustidan ariza berganini maʼlum qildi.

 

“Bu yerda kelib u „Men deputatman“ deb murojaat qilmadi, daraxt kesish boʻyixha murojaat qildi. Uning deputat ekanligini men mahalla noziri chaqirganda bildim. U „Mendan tushuntirish xati ololmaysan, men deputatman“ degan. Tartibga koʻra, daraxt kesishga ruhsat berish, dalolatnoma tuzish bizning vakolatimizga kirmaydi. Faqat „Yagona darcha“ markazi orqali Ekologiya qoʻmitasiga chiqiladi. Kesishga faqat „Ekologiya“ boshqarmasi ruhsat beradi”, – deya taʼkidladi u.

 

Shuningdek, u videoda aytilgan haqoratli soʻzlar boʻyicha shikoyati ham borligini maʼlum qildi.

 

“Soʻkingani uchun men uning ustidan ariza berdim. Mahalla noziri mendan ham, undan ham tushuntirish xati oldi. Men faqat deputatga nisbatan chora koʻrishlarini soʻrayman, boʻldi boshqa hech narsa emas. U mening goʻrda yotgan onamni soʻkdi”, — dedi mahalla raisi.

 

Bunga nisbatan deputat, XDP aʼzosi Ulugʻbek Hamidov u mahalla oqsoqolini soʻkmaganini taʼkidladi. Aytishicha, u rais bilan “normalno” gaplashgan, vaziyat oʻzgarmagani sabab uy qurilishi kechikayotgani uchun oʻziga-oʻzi noligan.

 

“Men mahalla oqsoqolini soʻkmaganman. U bilan „normalno“ gaplashganman. „Bu narsani men qilib bermayman, mumkin emas“, degandan soʻng 5-marta shu yerga ovoragarchilik bilan chiqqanim, qurilish ishlarim toʻxtab qolganiga, byurokratizm ekan degan maʼnoda oʻzimga-oʻzim bekorga ovora boʻlibman deb siqilib ketib, [gapirdim]. Mana shu holatda ular buni oʻzlariga PR qilib olib chiqishyapti, xolos. Agar oqsoqol bilan oʻzim telefonda gaplashganimda, uni soʻkkan boʻlishim mukin edi”, — dedi u.

 

Uning taʼkidlashicha, bu yerda deputatning avvaldan oqsoqol bilan eski imzosi boʻlgan. “Boʻlar-boʻlmasga oldindan tuhmat qilib kelganlar. Shuning uchun mana shu mavzuni aylantiryaptilar, deb oʻylayman. Koʻp marta uning oldiga bordim, mahalla raisi „hali kel, erta kel“, deb javob berdi. Oxirgi marta oʻzim chiqqanimda, u vaqtda hokim yordamchisi menga oqosoqolni ulab berdi. Keyin u video oʻrtasidagi holatni „keltirib bera olmadi“. Undan soʻng boʻlar-boʻlmas tuhmatlar qildi, bu boʻyicha ariza ham berildi”, – deya taʼkidladi deputat.

 

Taʼkidlanishicha, hozirda holatga huquqiy baho berilishi uchun IIO tomonidan koʻrib chiqilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//