Jamiyat
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Haj navbatlar elektron tartibga oʻtkazilishini maʼlum qildi. Bu haqda u huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
Uning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda umra uchun navbatlar deyarli qolmagan yoki juda tez navbat kelmoqda. Lekin hajga navbatlar saqlanib qolgan.
“Allaqachon tizimni shaffof qilishimiz kerak edi. Hozir haj komissiyasi hajga navbatni elektron tartibga aylantirish ishlarining harakatida. Musulmonlar idorasi tizimida ham Haj va umra ishlarini tashkillashtirish markazini ochdik. Endi ular shaffof, elektron navbatni tashkil qilish harakatida”, – deydi muftiy.
Nuriddin Xoliqnazarov, shuningdek, hajga navbatsiz borish uchun pora berishning gunohligini taʼkidlagan.
“Shu oʻrinda muftiy sifatida aytib oʻtishim kerak. Agar kimdir birovning navbatini pora berib olsa va shu asosida hajga borsa – uning haji haj boʻlmaydi. Musulmon odam tanish-bilish qilib, birovning oʻrnini olib hajga bormasligi kerak. Shu ishni qilayotgan odam ham, vositachilik qilgan ham va pora olgan ham gunohkor boʻladi. Chunki bu ish bilan bitta musulmonning farz ibodatiga toʻsqinlik qilgan boʻladi. Aytaylik, [masʼul] bir kishining navbati kelib, ibodat unga farz boʻlib turgan boʻlsa, oʻrniga kimnidir qoʻyadigan boʻlsa – bu juda katta gunoh”, – degan muftiy.
Nuriddin Xoliqnazarov tizimni shaffoflashtirish borasida harakatlarni imkon qadar tezlashtirishga harakat qilishini aytdi.
“Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar ham juda faol, hamma joyda nazorat qilib, xatolar aytib borilyapti. Odamlarda ham Allohga taqvo qilish koʻpaymoqda, korrupsiyaga qarshi kurash ham kuchaymoqda. Lekin shunda ham navbatni pora bilan olmoqchi boʻlganlardan bu ishini toʻxtatishlarini soʻraymiz. Chunki Alloh nasib qilib, bu insonga navbat kelmagunicha bu amal undan soqit boʻladi”, – deydi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q