Toshkentda fuqaroni tepgan mahalla raisi ishdan olindi

Saqlash
20:31 / 28.11.2022 1193 0

Yakkasaroy tumanidagi Armug‘on mahallasi raisi A’zam Qodirov ishdan bo‘shatildi. Internetda tarqalgan videodan ko‘rinishicha, rais nogironligi bor shaxsni allaqanday bino oldidan haydab solarkan, uni orqasidan tepib yiqitgan.

 

Tuman hokimligi videodagi shaxs Armug‘on mahallasi raisi A’zam Qodirov ekanini tasdiqladi.

 

Bu masalada bugun, 28 noyabr kuni mahalla guzarida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Unda tuman hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari O.Rixsiboyev, tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvatlash bo‘limi boshlig‘i I.Hayitxo‘jayev hamda uning maslahatchisi T.Sayfullayev ishtirok etgan.

 

Yig‘ilishda Qodirov “o‘z lavozimiga nomunosib xatti-harakatlari” uchun lavozimidan ozod etilgan.

 

Huquqbuzarga nisbatan ma’muriy yoki jinoiy tusdagi javobgarlik chorasi qo‘llanish-qo‘llanmasligi ma’lum emas.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

17:39 / 06.04.2026 0 55
Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Jamiyat

16:49 / 06.04.2026 0 95
Ayollar nega uzoqroq umr ko‘rishadi?

Jamiyat

11:52 / 06.04.2026 0 89
Talabalarning qanday huquqlari bor?

Jamiyat

10:22 / 06.04.2026 0 29
9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
112100
75626

//