Harorat keskin soviydi, yomgʻir qorga aylanadi – “Oʻzgidromet”

Saqlash
19:13 / 28.11.2022 1097 0

“Oʻzgidromet” mamlakatimiz boʻyicha 30-noyabr va 3-dekabrga ob-havo prognozini taqdim etdi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-noyabrda kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 2°sovuq-3°iliq, 1-3-dekabrda kechasi 5-10°sovuq, kunduzi 0-5°sovuq; Ustyurtda 30-noyabrda kechasi 3-8°sovuq, kunduzi 0-5°sovuq, 1-3-dekabrda kechasi 8-13°sovuq, kunduzi 2-7°sovuq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 30-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 1-3-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-noyabrda kechasi 2-7°iliq, kunduzi 5-10°iliq, 1-dekabrda kechasi 2° sovuq-3°iliq, kunduzi 2-7°iliq, 2-3-dekabr kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 0-5°iliq, Navoiy viloyatining shimolida 30-noyabrda kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 2° sovuq-3°iliq, 1-3-dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5°sovuq boʻladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 30-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 1-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 2-3-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-noyabrda kechasi va kunduzi 5-10° iliq, 1-dekabrda kechasi 0-5°iliq, kunduzi 2-7°iliq, 2-3-dekabr kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 0-5°iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 30-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 1-3-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-noyabrda kechasi 3-8°iliq, kunduzi 8-13°iliq, 1-dekabrda kechasi 3-8°iliq, kunduzi 5-10°iliq, 2-3-dekabrda kechasi 0-5°iliq, kunduzi 3-8°iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 30-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 11-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 2-3-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-noyabrda kechasi 2-7°iliq, kunduzi 6-11°iliq, 1-dekabrda kechasi 0-5°iliq, kunduzi 2-7°iliq, 2-dekabrda kechasi 2° sovuq-3°iliq, kunduzi 0-5°iliq, 3-dekabrda kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

 

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, 30-noyabr – 2-dekabrda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 30-noyabr – 1-dekabrda baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. 3-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-noyabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 1-3-dekabrda kechasi 7-12°sovuqgcha, kunduzi 0-5°sovuqgacha pasayadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//