Jamiyat
Toshkent shahar Yakkasaroy, Shayxontohur va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv taʼminoti cheklanmagan holda issiqlik taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 28-noyabr kuni ToshIEM hududidagi Du-300 millimetrli issiqlik quvurida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti cheklanmagan holda issiqlik taʼminoti vaqtincha toʻxtatilgan:
– Yakkasaroy tumanida Bobur, Shota Rustavelli, Shoh Jahon, Muqumiy, Rakat, Oʻrikzor, Askiya, Hazina bogʻ, Chopon ota koʻchalari;
– Shayxontohur tumanida Oqtepa mavzesi, Oqtepa mikrohudud va Nurafshon, Gulxaniy, Yesenina koʻchalari;
– Chilonzor tumanida Muqumiy, Choponota koʻchalari va 1,2,3,4,5,I,Ye mazelari;
Issiqlik taʼminoti 28-noyabr kuni taxminan 22:00 da tiklanadi.
Veolia Energy Tashkent MCHJ XK noqulayliklar uchun uzr soʻragan va issiqlik taʼminoti tiklanishi uchun barcha choralarni koʻrishini maʼlum qilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
110640
Jamiyat
94422
Jamiyat
90313
Jamiyat
74099
Jamiyat
//
Izoh yo‘q