Oʻzbekiston shaxmat terma jamoasi jahon chempionatida 2-oʻrinni egalladi

Saqlash
12:11 / 26.11.2022 1370 0

Isroilning Quddus shahrida shaxmat boʻyicha milliy terma jamoalar oʻrtasida FIDE jahon chempionati yakunlandi.

 

Oʻzbekiston shaxmat terma jamoasi musobaqaning hal qiluvchi bahsida Xitoy bilan kuch sinashdi va 2 raund (1,5:2,5 va 1,5:2,5) yakuniga koʻra imkoniyatni boy berib qoʻydi. Shu tariqa Oʻzbekiston jahon chempionatining kumush medaliga sazovor boʻldi. Bu oʻzbek shaxmati tarixidagi eng yaxshi natija boʻldi.

 

Chempionlikni Xitoy tantana qildi. Ispaniya 3-pogʻonani egallagan boʻlsa, Hindiston 4-oʻrinni band etdi.

 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston jahon chempionatining guruh bosqichida AQSH (2,5:1.5), Isroil (2,5:1,5), Hindistonni (3,5:0,5) magʻlub etgandi, Polsha (2:2) bilan murosa yoʻlini tanlagan, Ozarboyjonga (1,5:2,5) esa imkoniyatni boy berib qoʻygandi.

 

Jamoa ushbu natijalar evaziga chorakfinal yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Mazkur bosqichda Ukraina bilan bellashildi va 2 ta raund (3:1 va 2,5:1,5) yakuniga koʻra gʻalaba rasmiylashtirildi. Yarimfinalda esa Hindiston (2:2 va 2,5:1,5) taslim etildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish