Jamiyat
“2026-yilda energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–70-son, 29.04.2026-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Farmonga koʻra, 2026-yil 1-iyuldan vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning yangi quriladigan, rekonstruksiya (modernizatsiya) qilinadigan va mukammal taʼmirlanadigan bino va inshootlarida energiya samaradorligining “S” va undan yuqori toifasiga ega boʻlish talabi kiritiladi.
Elektr energiyasi va tabiiy gazni isteʼmolchilarni tarmoqdan ajratish va cheklov kiritish hisobidan tejashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Energiya samaradorligi milliy agentligiga Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi orqali energiya servis kompaniyalari (ESKO) tomonidan davlat buyurtmalari asosida koʻrsatiladigan energiya servis xizmatlari uchun kafolatlangan toʻlovlarni amalga oshirish huquqi beriladi.
2026-yildan har yili energiya sarfi belgilangan normativlardan keskin oshib ketgan davlat obyektlarida xalqaro standartlar va energiya servis mexanizmlari asosida energiya samaradorligini tubdan yaxshilash dasturlari amalga oshiriladi.
2026-yil 1-oktyabrga qadar obyektlar kesimida katta hajmdagi maʼlumotlar (Big Data), biznes-tahlil (Business Intellegence) va sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida energiya isteʼmolini va samaradorlik koʻrsatkichlarini tahlil qilib borish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
112207
Jamiyat
94884
Jamiyat
90973
Jamiyat
75752
Jamiyat
//
Izoh yo‘q