DXMlar orqali statistik maʼlumotlarni olish mumkin boʻladi

Saqlash
22:13 / 25.11.2022 1521 0

Hukumatning 24-noyabrdagi 672-sonli qarori bilan statistika maʼlumotlarini taqdim etish borasida davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglament tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

 

Reglamentga koʻra, fuqarolar mazkur davlat xizmati doirasida statistika dasturi va faoliyatida yuritiladigan statistik tasniflar asosida shakllantiriladigan maʼlumotlar, shuningdek ochiq manbalarda eʼlon qilinadigan maʼlumotlarni olishi mumkin.

 

Quyidagilar esa davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻladi:

 

– tarkibida davlat sirlari va qonunchilik bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir boʻlgan, shuningdek individual maʼlumotlarni soʻrash;

– shakllantirilishi statistika dasturida nazarda tutilmagan yoki shakllantirish muddati hali kelmagan statistika maʼlumotlarini soʻrash.

 

Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi. Olingan statistika maʼlumotlarini tarqatishda (qayta chop etishda) maʼlumot olingan manbaga majburiy tartibda havola berilishi shart.

 

Taqdim etiladigan har bir statistik maʼlumotni shakllantirish uchun BHMning 0,08 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//