Jizzaxdagi “Maʼnaviyat karvoni” kunlari davom etmoqda

Saqlash
20:41 / 16.11.2022 1662 0

Jizzaxdagi Maʼnaviyat kunlari tadbirlari doirasida 13 ta mashinadan iborat “Kitob karvoni” viloyatning barcha shahar va tumanlariga yoʻl oldi. Karvonning yoʻlga chiqishi avvalida Prezident adminstratsiyasi masʼuli Nodir Xolboʻtayev soʻzga chiqib, kitob va kitobxonlik haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.

 

 

“150 dan ortiq ijodkorlar bilan bir necha kundan buyon tadbirlar, uchrashuvlar oʻtkazyapmiz. Ularning aksariyati kitobxonlikka bagʻishlangan. Mana bugun ham katta karvon hududlarga yoʻl olyapti. U borgan manzillar ziyoga, nurga burkanadi. Karvonimizning yoʻli doim ochiq boʻlsin. Bugungi bayram barchamizga muborak boʻlsin”, dedi u

 

 

Eslatib oʻtamiz, “Kitob karvoni”da 10 000 nusxadan ortiq oʻzbek va jahon adabiyati durdonalari aholining barcha qatlamlari foydalanishi uchun maktablar, mahallalardagi kutubxonalarga bepul tarqatiladi.

 

Shuningdek, shu kunning oʻzida viloyatda "Oʻzbekiston qahramonlari” kitob-albomining taqdimoti hamda “Mening farzandim – Oʻzbekiston faxri!” loyihasi oʻtkazildi.

 

 

Tadbirlar avvalida Usmon Azim, Jamila Shermuhammedovalar soʻzga chiqib, Oʻzbekiston qahramonlari haqida soʻzlab berishdi. Shundan soʻng viloyatda tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan yoshlar va ularning ota-onalari taqdirlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//