Jamiyat
Energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xoʻjayevga koʻra, tez kunda cheklovlar masalasi 80 foizga hal etiladi.
U bu haqida AOKAda oʻtkazilayotgan matbuot anjumanida maʼlum qilgan.
«Buning uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi eksporti toʻxtatildi. Tashqi import 20 foizga oshirildi. Bugungi kundagi uzilishlar 8-10 soatlab tokni oʻchirishga sabab boʻlolmaydi.
Qaysi hududlarda elektr energiyasidagi uzilishlar yarim yoki bir soatdan oshib ketayotgan boʻlsa, buning sabablarini oʻrganamiz. Agar bunda inson omili mavjud boʻlsa, masʼullarga chora koʻriladi», — deya qayd etgan vazir oʻrinbosari.
“Oʻzbekneftgaz” boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, GTL kompaniyasidagi ishlab chiqarish 50 foizga kamaytirilib, qolgan gaz aholiga berilishi rejalashtirilayotganini maʼlum qildi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112068
Jamiyat
94754
Jamiyat
90780
Jamiyat
75582
Jamiyat
//
Izoh yo‘q