Elektr energiyasidagi uzilishlarga nima sabab boʻlayotgani aytildi

Saqlash
19:28 / 16.11.2022 1765 0

AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xoʻjayev elektr energiyasi taʼminotidagi muammolar haqidagi savollarga javob berdi.

 

«ASKUE tizimini joriy qilganimiz bitta masalada adolat oʻrnatdi – endi toʻlovni amalga oshirmagan isteʼmolchi energiya yoki gaz bilan taʼminlaymaydi. Ushbu tizim ishga tushgach, elektr energiyasini isteʼmolchiga yetkazib berishdagi uzilishlarni uch barobarga qisqartirdik. Oxirgi besh yilda qurilgan elektr stansiyalari undan oldingi 25 yilda ham qurilmagan.

 

Elektr energiyasidagi uzilishlarning sababi – uskunalarning eskirganligi yoki yetarli emasligida emas. Balki stansiyalarimizda elektr ishlab chiqarish uchun yoqilgʻi yetishmasligida. Masalan, Oʻzbekistondagi mavjud elektrning 90 foizi issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. Buning qariyb 85 foizi tabiiy gaz vositasida.

 

Masalan, 2016-yilgacha Oʻzbekistonda bitta zamonaviy bugʻ-gaz issiqlik stansiyasi qurilgan – 2012-yilda Navoiy issiqlik elektr stansiyasida. Ammo 2016-yildan keyin Navoiyda bitta, Tallimarjonda ikkita, Toʻraqoʻrgʻon elektr stansiyasida ikkita, Taxiatosh elektr stansiyasida ikkita va Toshkent elektr stansiyasida bitta bugʻ-gaz qurilmasi barpo etildi. Bularning barchasi davlat investitsiyasi hisobidan qurildi», dedi Sh.Xoʻjayev.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//