Jamiyat
Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan talaba-oʻquvchilar uchun “Jadid tafakkuri” stipendiyasi taʼsis etilgani haqida xabar bergandik.
15-noyabr kuni tanlovi gʻoliblari aniqlandi.
Yuridik texnikumlar va akademik litsey oʻquvchilari oʻrtasida:
1-oʻrin — Qodirova Goʻzal Qodir qizi;
2-oʻrin — Turgʻunboyev Abdulhoshim Ikromjon oʻgʻli;
3-oʻrin — Rahimova Anajon Otabek qizi.
TDYU va Ixtisoslashtirilgan filial talabalari oʻrtasida:
1-oʻrin — Zayniyev Mujohid Halimjon oʻgʻli;
2-oʻrin — Muradullayeva Sevinch Maxsudjon qizi;
3-oʻrin — Xolbekova Muxlisa Xolbek qizi.
Qayd etish kerak, stipendiya uchun tanlov 2 bosqichdan iborat. 1-bosqichda ishtirokchilar jadidchilik harakatining tarixi, mazmun-mohiyati hamda jadid namoyandalarining faoliyatiga oid testlarni yechdi va insho yozdi, 2-bosqichda esa taqdimot oʻtkazish, muammoli vaziyatlarga yechim topish kabi sinovlardan oʻtdi.
Tanlovdan maqsad yosh avlodda mustaqillik gʻoyalariga sadoqat hissini kuchaytirish, ilmga intilishni ragʻbatlantirish, jadidchilik harakati namoyandalarining gʻoyalarini targʻib qilish orqali xalqparvar avlodni tarbiyalashga hissa qoʻshish, boʻlajak huquqshunoslarda ijodkorlik va yangicha dunyoqarashni shakllantirishdir.
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q