Mehmonxonalarga «yulduzlar» yangi standart asosida beriladi

Saqlash
22:24 / 15.11.2022 1704 0

Mehmonxonalarni toifalashtirish jarayonini takomillashtirish maqsadida «Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish markazi» DUK tomonidan yangi tahrirdagi davlat standarti loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Yangi loyihaga ko‘ra, avval mehmonxonalar uchun majburiy bo‘lgan 97 ta talab 85 tagacha qisqartirildi.

 

Hozirda mehmonxonalar maxsus standartga muvofiq «yulduz» olish uchun 138 ta talabga javob berishi kerak. Agar talablardan biri bajarilmasa, tegishli yulduz toifasini berish rad etiladi.

 

Markaz mutaxassislari Madaniy meros obyektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston otelerlari va xususiy turistik tashkilotlari assotsiatsiyalari bilan birgalikda to‘liq mehmonxonalar reytingini tasniflash tizimini qayta ko‘rib chiqdi va Oʻz DSt 3296: 2022 «Turistik xizmatlar. Joylashtirish vositalari. Tasniflashning ballik tizimi» yangi davlat standarti loyihasini tayyorladi.

 

Standart Hotels Criteria kompaniyasining 2020−2025 xalqaro Criteria standarti mezonlari asosida ishlab chiqilgan yulduzli mehmonxonalarni tasniflash uchun reyting tizimi: tegishli yulduz toifasini olish uchun mehmonxonalar belgilangan talablarni bajaradi va ballarni to‘playdi.

 

Standartda talablar «majburiy» va «ixtiyoriy» ga bo‘linadi. Xizmat ko‘rsatish sifati va qulayligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan umum e’tirof etilgan xalqaro mezonlardan kelib chiqadigan talablar mehmonxonalar uchun «majburiy» hisoblanadi. Tegishli yulduz toifasini olish uchun zarur bo‘lgan ballarni to‘plash uchun «qo‘shimcha» talablar bajariladi. To‘plangan ballar yig‘indisiga ko‘ra mehmonxona tegishli «yulduz» toifasini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Yangi standartni ishlab chiqishda Turizm va madaniy meros vazirligi, Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish markazi va O‘zbekiston mehmonxona xo‘jaliklari uyushmasi tomonidan mehmonxona biznesi vakillari bilan o‘tkazilgan davra suhbatlari natijalari inobatga olindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//