“Yangi Oʻzbekiston – yangi qoʻshnichilik” tanlovi gʻoliblari aniqlandi

Saqlash
22:19 / 04.11.2021 1001 0

Bugun Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazida Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi boʻyicha “Yangi Oʻzbekiston – yangi qoʻshnichilik” mavzusida oʻtkazilgan maqolalar tanlovining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

 

Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Respublika isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tomonidan tashkil qilingan tanlov uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yashovchi jurnalistlar, olimlar, yoshlar tomonidan 50 dan ortiq maqolalar taqdim qilindi.

 

Taqdirlash marosimida koʻrik-tanlov tashkiliy qoʻmitasi, hakamlar hayʼati aʼzolari, tanlov gʻoliblari, jurnalistlar ishtirok etdi.

 

Hakamlar hayʼati qaroriga koʻra quyidagi ishtirokchilar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi:

 

1-oʻrin – siyosiy fanlar doktori, professor Narzullo Joʻrayev hamda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Ahmadjon Meliboyev 10 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

 

2-oʻrin – yuridik fanlar doktori, professor Firuza Muhitdinova hamda siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori Sanjar Saidov 5 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

 

3-oʻrin – Yuristlar malakasini oshirish markazi xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi mudiri Shuhrat Rahmonov va Toshkent davlat yuridik universiteti 1-bosqich talabasi Erkaboy Usmonaliyev 2,5 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

 

Shuningdek, tanlovda jurnalistlar Sharofiddin Toʻlaganov hamda Shoqahhor Salimov ragʻbatlantiruvchi oʻrinni egallab, 1 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//