Farg‘ona xalqaro aeroportidagi qator reyslar kechiktirildi

Saqlash
16:23 / 14.11.2022 1119 0

14 noyabr kuni Farg‘ona xalqaro aeroportida bir qator reyslar majburiy kechiktirildi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airways kompaniyasi matbuot xizmati.

 

Qayd etilishicha, holatga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan. HY081 Toshkent — Farg‘ona qatnovi soat 06:55 o‘rniga soat 09:44 da jo‘nab ketdi. Shuningdek. HY277 Farg‘ona — Istanbul va HY278 Istanbul — Farg‘ona hamda HY082 Toshkent — Farg‘ona qatnovlari ham kechiktirildi.

 

«Aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//