Jamiyat
Sog‘liqni saqlash vaziri ortidan uning uch nafar o‘rinbosari ham lavozimini tark etdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Kecha Eldor Adilov Sogʻliqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlangan edi. Shundan so‘ng, Alisher Shukrullayevich Boboyev, Elmira Irkinovna Bositxonova, Farhodjon Muhammadjonovich Toshpo‘latov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Vazirlikka besh nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi:
Otabek Sunnatovich Imomov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
Jaloliddin Sharafutdinovich Asamutdinov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
Adxam Yusupovich Xudaykulov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
Sherzod Dilmuratovich Muxamedov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
Ilxomjon O‘rinboy o‘g‘li Umrzaqov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari – Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish departamenti direktori lavozimidan ozod etildi.
Ilm-fan
Jahon
Jahon
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112320
Jamiyat
94992
Jamiyat
91116
Jamiyat
75881
Jamiyat
//
Izoh yo‘q