Siyosat
Samarqandda boʻlib oʻtayotgan Turkiy davlatlar sammitida Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev oʻz nutqida bir qator takliflarni bildirib oʻtdi, deya xabar bermoqda oyina.uz muxbiri.
“Bugun Turkiy davlatlar tashkilotining roli sezilarli darajada oshdi. Qozogʻiston turkiy dunyoning ota-bobolari diyori, shuning uchun ham biz har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga alohida ahamiyat beramiz. Hamkorligimizni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqishdan manfaatdormiz.
Biz qudratli va nufuzli kuchga aylanishimiz kerak. Astana Hub xalqaro texnoparki negizida Turkiy davlatlar tashkilotining Raqamlashtirish markazini tashkil etishni taklif qilaman. Ushbu tuzilma savdo, transport, suv resurslaridan foydalanish, axborot xavfsizligi va boshqa muhim tarmoqlar uchun juda zarur boʻlgan raqamli yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Ushbu tashabbusni samarali amalga oshirish uchun muhim startap loyihalarga sarmoya jalb etadigan Turkiy mamlakatlar venchur fondini tashkil etishni taklif qilaman. Turkiy tillar universitetlari ittifoqi shafeligida oʻtkaziladigan II Turkiy universiada 2023-yilda Qozogʻistonda oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda”, dedi Qozogʻiston Prezidenti.
Shuningdek, Toʻqayev tashqi taxdidlarga qarshi turishda birlashishi kerakligini taʼkidladi.
“Qozogʻiston barcha davlatlarning hududiy yaxlitligini qatʼiy qoʻllab-quvvatlaydi. Biz barcha chorlov va tahdidlarga birgalikda qarshi turish uchun birdamlik koʻrsatishimiz kerak”, dedi Toqayev.
«Tashkilotimiz faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali faol targʻib qilishimiz zarur. Biz turkiy dunyoda integratsiyani mustahkamlash borasida olib borayotgan ishlar koʻlamini butun dunyo jamoatchiligiga koʻrsatishimiz kerak. Bu ishni yetakchi xalqaro agentliklar va mamlakatlarimiz ommaviy axborot vositalari ishtirokida amalga oshirish mumkin. Tan olish kerakki, tashkilotimiz faoliyati bilan hamma ham yaxshi tanish emas. Ayni paytda turkiy hamkorlik gʻoyasi jahon hamjamiyatining eʼtiborini tobora ortib bormoqda. Dunyoning turli burchaklarida turkiy sivilizatsiya tarixiga oid qimmatli dalillar tobora ortib bormoqda.
Bu xalqlarimizning umumiy merosidir. Shu bois mavjud tarixiy va lingvistik manbalarni oʻrganish va tizimlashtirishni muhim vazifa, deb bilaman. Ilmiy muassasalar oʻrtasida faol hamkorlikni yoʻlga qoʻyishimiz, ularning tadqiqot natijalarini jahon hamjamiyatiga yanada kengroq taqdim etishimiz zarur. Tashkilotimiz faoliyati faqat diplomatik sammitlar va yakuniy hujjatlar imzolanadigan uchrashuvlar bilan cheklanib qolmasligi kerak. TDT turkiy dunyoni birlashtiruvchi va yaqinlashtiruvchi nufuzli platformaga aylanishi kerak, deb hisoblayman» dedi Qozogʻiston Prezidenti oʻz nutqi davomida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q