Jamiyat
Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Abdukamol Rahmonov o‘zi tug‘ilib o‘sgan Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani Burgan qishlog‘idagi 73-105-umumta’lim maktablarida a’lo baholarga o‘qishi va iste’dodi bilan o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarga o‘z hisobidan stipendiya joriy qilgan edi.
Mazkur ta’lim maskanlarida o‘qituvchilar hay’atining xulosalari bilan chorak yakuniga ko‘ra, har ikkala maktabda «Eng namunali o‘quvchi» stipendiyasi g‘oliblari aniqlandi.
Abdukamol Rahmonovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu stipendiya o‘quvchilarni ilhomlantirish va rag‘batlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan. Kichkinagina e’tibor yoshlarni kitob mutolaasiga, ilm olishga, izlanishga bo‘lgan qiziqishini, intilishini yanada oshirish uchun xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, mazkur stipendiyani shoir Abdukamol Rahmonov shaxsiy pensiya mablag‘lari hisobidan joriy qilgan bo‘lib, 2022 yil sentabr oyidan boshlab, har chorakda doimiy ravishda berib boriladi.
Har chorak yakunlari bo‘yicha yuqorida nomlari keltirilgan ikki maktabdan 2 nafar (jami 4 nafar) o‘quvchiga, yil yakunlari bo‘yicha esa har ikkala maktabdan 1 nafar (jami 2 nafar) o‘quvchiga muntazam berib borilishi ko‘zda tutilgan.
Siyosat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109668
Jamiyat
94051
Jamiyat
89833
Jamiyat
72986
Jamiyat
//
Izoh yo‘q