Siyosat
O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov dushanba kungi an’anaviy brifingda Shavkat Mirziyoyevning shu haftadagi ish rejasidan o‘rin olgan tadbirlar haqida axborot berdi, deya ma’lum qildi bloger Aziza Qurbonova.
7 noyabr kunining birinchi yarmida prezident BMTning Jahon turizm tashkiloti bosh kotibi Z.Pololikashvili bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda 2023 yilda Samarqand shahrida o‘tkazilishi kutilayotgan Jahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi 25-sessiyasi kun tartibi va tashkiliy masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Kunning ikkinchi yarmida davlat rahbari mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish borasida mavjud imkoniyatlar va yangi zaxiralarni safarbar etish yuzasidan videoselektor yig‘ilishini ham o‘tkazadi.
Hafta davomida Savdo-sanoat palatasi rahbariyatining tadbirkorlar bilan «ochiq muloqot» ijrosi bo‘yicha prezidentga hisobot berishi ko‘zda tutilgan.
11 noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi. Tadbirda 5 ta a’zo mamlakat — O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda 2 ta kuzatuvchi — Turkmaniston va Vengriya mamlakatlari rahbariyati ishtirok etishi kutilmoqda.
Shuningdek, sammitda Tashkilot Bosh kotibi, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) bosh kotibi, Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi (TURKPA) bosh kotibi, Xalqaro turkiy akademiya prezidenti v.b., Turkiy meros va madaniyat fondi prezidenti, Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar Kengashi raisi ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Samarqand sammitida 10 dan ortiq hujjat imzo uchun kiritiladi.
Tadbirning asosiy hujjati bu — a’zo mamlakatlarning eng muhim mintaqaviy va global muammolar bo‘yicha mujassamlashgan pozitsiyalari o‘z ifodasini topgan Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammiti deklaratsiyasidir.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q