
Ilm-fan
“Oʻzgidromet” haftaning birinchi qismida kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
8-noyabrdan Oʻzbekistonning barcha hududlariga sovuq havo massasi asta-sekin kirib keladi. Respublikaning katta qismida yomgʻir yogʻadi, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim tumanlarida baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik boʻlishi mumkin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi. Respublika boʻyicha kunduzgi harorat +5+8 iliqni tashkil etadi, bu — ushbu kunning oʻrtacha iqlim qiymatlaridan 8-10 darajaga pastdir.
9-11-noyabr kunlari esa Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Sovuq havo massalari kirib kelishi natijasida harorat kechalari 0+2 sovuqgacha pasayadi, kunduz kunlari asta-sekin isiydi.
Haftaning oxiriga kelib harorat +10+14 iliq atrofida va meʼyorga yaqin boʻladi.
Oʻz navbatida, 7-8-noyabr kunlari kuchli yomgʻir yogʻishi hisobiga Oʻzbekistonning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel kelishi xavfi bor. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q