Siyosat
Endilikda hokim yordamchilari suhbat asosida OTMga qabul qilinishi mumkin. Bu boʻyicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Unga koʻra, oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hokim yordamchilari davlat OTMlarining iqtisodiy taʼlim yoʻnalishlariga hokimning tavsiyasi bilan davlat granti asosida sirtqi taʼlim shakliga suhbat asosida oʻqishga qabul qilinishi mumkin.
Ularning oʻqitish xarajatlari Davlat byudjetidan qoplab beriladi.
Qaror loyihasini qabul qilishning zarurati sifatida, hokim yordamchilarini tayinlash jarayonida iqtisodiy bilimlarni ega boʻlgan kadrlar yetishmovchiligi yuzaga kelgani koʻrsatilgan.
“Ushbu loyihaning qabul qilinishi namuna koʻrsatib kelayotgan oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hokim yordamchilariga oliy taʼlim berish, ularni ish sifatini oshirishi hamda aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yanada oshirish imkonini beradi”, — deyiladi qaror tahlilida.
Qaror muhokamasi 19-noyabrga qadar davom etishi belgilangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q