Talabalar uchun yana bir davlat stipendiyasi joriy qilinadi

Saqlash
17:01 / 07.11.2022 1189 0

“Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–414-son, 03.11.2022-y.) qabul qilindi.

 

Qarorga koʻra, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida taʼlim dasturlari xalqaro reytingda yuqori boʻlgan xorijiy OTM dasturiga koʻra shakllantiriladi.

 

2023/2024 oʻquv yilidan quyidagilar kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi:

 

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi faxriy unvoniga ega sportchilar;

 

Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster sport unvoniga ega sportchilar;

 

Oʻzbekiston sport ustasi yoki Oʻzbekiston grossmeysteri sport unvoniga ega sportchilar;

 

Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda gʻolib (1-oʻrin) boʻlgan sportchilar.

 

Jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlarida 2023-yil 1-yanvardan Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi.

 

2023-yil 1-yanvardan “Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʻyicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash tashkil qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//